Buzoq burji vakillari uchun ertaga o’z vaqtlarini tashkillashtirish va odatda o’zlari uchun qila olmaydigan barcha ishlarni bajarish uchun ajoyib fursat. Bu haftani o’zingizni erkalash haftasiga aylantiring! Odatda «ortiqcha» yoki ko’p vaqt talab qiladigan deb hisoblab, keyinga qoldirgan ishlaringizni bajaring. O’zingizni erkalash uchun vaqt toping!
Soch, teri, oyoqlar, qo’llar, tana – qancha ko’p parvarish qilsangiz, shuncha yaxshi! Siz tug’ma mehnatkashsiz, ammo biroz o’zingizga g’amxo’rlik qilish mehnatsevarligingizga putur yetkazmaydi. Asosiysi – o’zingizni eng yaxshi holatda ko’rish va his qilish. Bu imkoniyatlardan foydalaning va omad sizga kulib boqadi!