Arslon burji vakillari uchun bu hafta o‘zingizni ikki o‘t orasida qolgandek his qilishingiz mumkin. Ba’zi vaziyatlar yoki shaxslar tomon majburan yo‘naltirilayotgandek tuyulishi ehtimoli bor. Bu holat sizning xohishingizga zid bo‘lishi mumkin, ammo unga moslashishga harakat qiling.
Munajjimlar bashoratiga ko‘ra, bu hafta ayniqsa sizning martaba sohangizga ko‘proq e’tibor qaratish zarur. Ish joyingizdagi mavqeingizni va daromadingizni oshirish uchun puxta besh yillik reja tuzishga kirishing. Bu reja sizga kelajakdagi imkoniyatlaringizni aniq belgilashga yordam beradi va omad keltirishi mumkin.