Arslon burji vakillari uchun bu hafta o‘zingizni ikki o‘t orasida qolgandek his qilishingiz mumkin. Ba’zi vaziyatlar yoki shaxslar tomon majburan yo‘naltirilayotgandek tuyulishi ehtimoli bor. Bu holat sizning xohishingizga zid bo‘lishi mumkin, ammo unga moslashishga harakat qiling.
Munajjimlar bashoratiga ko‘ra, bu hafta ayniqsa martaba sohangizga ko‘proq e’tibor qaratishingiz lozim. Karyerangizda yuqori lavozimlarga ko‘tarilish va moddiy rag‘batlantirishni oshirish uchun besh yillik keng qamrovli reja tuzish ayni muddao bo‘ladi. Bu reja sizga kelajakdagi imkoniyatlaringizni aniq belgilashga yordam beradi va omad eshiklarini ochadi.