Qisqichbaqa burji vakillari uchun bu hafta o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haftasi bo‘ladi. Siz hech narsaga rozi bo‘lishga majbur emassiz, aziz Qisqichbaqa. Moliyaviy masalalarmi, kasbiy faoliyatmi yoki shaxsiy munosabatlarmi – har bir sohada siz o‘zingizga munosibini kutishga haqlisiz. Siz bunga loyiqsiz va bu hafta aynan shunday yo‘l tutishingiz kerak. Haftaga katta ishonch bilan kirib borasiz, bu esa seshanba va chorshanba kunlari barcha ishlaringizning o‘z yo‘liga tushishiga yordam beradi. Bu kunlarda sayyoralar sizning foydangizga joylashgan bo‘lib, har qanday tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zingizni baxtli his qilish uchun nima qilish kerakligini aniq bilasiz va bu yo‘lda hech narsadan cho‘chimaysiz.
Payshanba kuni uyingizni tartibga keltirish, tozalash sizga ichki xotirjamlik va mamnuniyat olib keladi. Bu shunchaki jismoniy ish emas, balki ruhiy tozalanish hamdir. Atrofingizdagi muhitni tartibga solish, ichki dunyoyingizni ham tartibga solishga yordam beradi. Juma kuni esa o‘zingizni rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanishingiz tavsiya etiladi. Bu yangi ko‘nikma o‘rganish, kitob o‘qish yoki sport bilan shug‘ullanish bo‘lishi mumkin. Sayyoralar ta’siri ostida o‘zingizga sarmoya kiritish uchun eng qulay kun.
Shanba va yakshanba kunlari sizni ko‘plab tanlovlar va imkoniyatlar qiynashi mumkin. Oldingizda shunchalik ko‘p qarorlar paydo bo‘ladiki, ularning ichidan to‘g‘risini tanlash qiyin kechadi. Bu kunlarda shoshilinch qarorlar qabul qilishdan saqlaning. Agar biror narsa (yoki kimdir) haqida ishonchingiz komil bo‘lmasa, unga aralashmang. O‘zingizni noqulay his qilgan vaziyatlardan uzoqroq turing. Bu hafta sizning ichki sezgingiz juda kuchli bo‘ladi, shuning uchun unga quloq tuting. Omad sizga yor bo‘lsin, aziz Qisqichbaqa!