Qovgʻa burji vakillari uchun bu hafta: Siz uchun juda band va sermahsul davr kelmoqda. Atrofingizda ko’plab voqealar sodir bo’ladi, ayniqsa rahbarlaringiz sizni lavozimga ko’tarishni, siz bilan muhim masalalarni muhokama qilishni va fikrlaringizni tinglashni istashadi. Shuning uchun o’zingizga kam vaqt topishingiz mumkin.
Bu holat vaqtinchalik ekanligini unutmang. Sayyoralar orasidagi uyg’unlik sizni o’zingizga munosib bo’lgan yuqori mavqega olib chiqadi. Bu sizning astrologiya xaritangizda belgilangan imkoniyatdir. Ushbu omadli davrdan to’liq bahramand bo’ling va yangi mas’uliyatlaringizni zavq bilan qabul qiling. Bu hafta siz uchun katta muvaffaqiyatlar va e’tirof va’da qiladi.