Tarozi burji vakillari uchun bu oyda yasmin yog’i xaridlar ro’yxatida bo’lishi kerak. Yasmin ruhiy shifo beruvchi xususiyatga ega bo’lib, o’simliklar astrologiyasida oy bilan bog’liqdir. Bir necha tomchi yasmin yog’ini vannangizga yoki sevimli (xushbo’ysiz) tana losyoningizga qo’shishingiz mumkin.
Ko’pincha muhabbatni jalb qiladi deb hisoblangan bu hid, shuningdek, stress alomatlarini davolay oladigan chuqur, tinchlantiruvchi uyquni ham ta’minlaydi. Tarixda yasmin doyalikda ayollarning tug’ruq paytida tanalarini bo’shashtirishga yordam berish uchun ishlatilgan. Yostiqingizga bir-ikki tomchi tomizish sizga yoqimli tun uyqusini beradi va omad keltiradi.