"Manchester Yunayted" klubining afsonaviy bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson yakshanba kuni "Old Trafford" stadionida o‘zini yomon his qilgani sababli shifoxonaga olib ketildi. Bu holat "Manchester Yunayted" va "Liverpul" o‘rtasidagi Premer-liga o‘yini boshlanishidan biroz oldin yuz bergan.
Manbalarning ta’kidlashicha, 84 yoshli sobiq murabbiyning ahvoli og‘ir emas, u ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borilgan. Favqulodda vaziyat yuzaga kelmagan.
"Manchester Yunayted"ni 27 yil davomida boshqargan va klubga ko‘plab sovrinlarni olib kelgan Fergyuson odatda jamoa o‘yinlarini direktorlar lojasidan kuzatib boradi.
Uning shifoxonaga yotqizilganidan keyingi ahvoli haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Fergyuson miyaga qon quyilishi tufayli jiddiy kasallikka chalingan edi. U uch yil o‘tib, sog‘ayishi haqida batafsil gapirib bergan.
Yakshanba kuni o‘yin boshlanishidan bir necha soat oldin u stadionda mehmonlar bilan birga suratga tushgan edi.
Keyinchalik Fergyuson "Old Trafford"dan tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketildi.
Klub rasmiylari Fergyusonning tez orada sog‘ayib, uyiga qaytishiga umid qilishmoqda.
Mənbə: BBC News

